Главная » 2023 » Март » 05

Kasallikning kelib chiqish sabablari: Infeksiya yuqishidan − patogen bakteriyalar chov terisi yuzasidan, qin shilliq qavatidan, to‘qimalardan va ichakdan peshob yo‘liga kirib, yuqoriga ko‘tariladi va qovuqqa tushib yallig‘lanadi. Dorilar, radiatsiya, zaharli, kimyoviy moddalar, parazitlar, allergiya ta’sirida bo‘lishi mumkin. Limfa tomirlari orqali tanadagi surunkali infeksiya o‘choqlaridan o‘tishi mumkin. Sistitga olib keluvchi omillar: tanadan sovuq va zah o‘tishi; gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, homiladorlik, tug‘ish, ayollarda menopauza, prostata bezining yallig‘lanishi; jarohatlar, uretrada tibbiy manipulyatsiyalardan keyin; qandli diabet, semirish, o‘troq hayot tarzi; ko‘p miqdorda achchiq, sho‘r va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish.

SURUNKALI PROSTATIT VA PROSTATA BEZI ADENOMASINI DAVOLASHDA INQILOB

 

Sistitning belgilari qorinning pastki qismida og‘irlik; og‘riq; peshob vaqtida og‘riq; achishish va yonish hissi; loyqalangan va kam miqdorda tez- tez peshob; siydikda shilliq va qon paydo bo‘lishi; peshob chiqarishga yolg‘on va og‘riqli istak; peshob tutolmaslik; tana haroratining ko‘tarilishi. Surunkali sistit belgilari o‘tkir sistitga nisbatan kam. Kasallik vaqtincha susayishi mumkin, remissiya davri yil davomida qo‘zg‘alish davri bilan almashib turadi va yildan yilga davomliroq bo‘ladi. Sistit diagnostikasi umumiy qon tahlili; umumiy siydik tahlili; siydikni bakteriologik tekshirish; siydik pufagining UTTsi; sistoskopiya. Sistitning asoratlari surunkali piolonefrit rivojlanishi; buyrakning atrofiyasi va buyrak ... Читать дальше »

Просмотров: 203 | Добавил: space | Дата: 05.03.2023