19:49 SURUNKALI PROSTATIT VA PROSTATA BEZI ADENOMASINI DAVOLASHDA INQILOB | |
Kasallikning kelib chiqish sabablari: Infeksiya yuqishidan − patogen bakteriyalar chov terisi yuzasidan, qin shilliq qavatidan, to‘qimalardan va ichakdan peshob yo‘liga kirib, yuqoriga ko‘tariladi va qovuqqa tushib yallig‘lanadi. Dorilar, radiatsiya, zaharli, kimyoviy moddalar, parazitlar, allergiya ta’sirida bo‘lishi mumkin. Limfa tomirlari orqali tanadagi surunkali infeksiya o‘choqlaridan o‘tishi mumkin. Sistitga olib keluvchi omillar: tanadan sovuq va zah o‘tishi; gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, homiladorlik, tug‘ish, ayollarda menopauza, prostata bezining yallig‘lanishi; jarohatlar, uretrada tibbiy manipulyatsiyalardan keyin; qandli diabet, semirish, o‘troq hayot tarzi; ko‘p miqdorda achchiq, sho‘r va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish. SURUNKALI PROSTATIT VA PROSTATA BEZI ADENOMASINI DAVOLASHDA INQILOB
Sistitning belgilari qorinning pastki qismida og‘irlik; og‘riq; peshob vaqtida og‘riq; achishish va yonish hissi; loyqalangan va kam miqdorda tez- tez peshob; siydikda shilliq va qon paydo bo‘lishi; peshob chiqarishga yolg‘on va og‘riqli istak; peshob tutolmaslik; tana haroratining ko‘tarilishi. Surunkali sistit belgilari o‘tkir sistitga nisbatan kam. Kasallik vaqtincha susayishi mumkin, remissiya davri yil davomida qo‘zg‘alish davri bilan almashib turadi va yildan yilga davomliroq bo‘ladi. Sistit diagnostikasi umumiy qon tahlili; umumiy siydik tahlili; siydikni bakteriologik tekshirish; siydik pufagining UTTsi; sistoskopiya. Sistitning asoratlari surunkali piolonefrit rivojlanishi; buyrakning atrofiyasi va buyrak yetishmaslik kasalligi; agar davolanmasa, siydik pufagi kichrayadi va peshob saqlash funksiyasini to‘liq yo‘qotishi mumkin. Sistitni davolash Kasallikni davolash paytida bemor zirovorlarga boy, achchiq, sho‘r, tuzlangan ovqatlardan, spirtli ichimliklardan cheklanishi hamda kuniga 1,5-2 litr suv ichishi kerak. Infeksion sistitda antibiotiklar, fitopreparatlar, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi dorilar qo‘llaniladi (dorilar turini va dozasini shifokor belgilab beradi) Tos a’zolari infeksiyasini davolash. Davolashda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar O‘tkir sistit davri 7-14 kun. Davolanishning birinchi yoki ikkinchi kunida yengillik paydo bo‘lishi mumkin. Аmmo siydik tahlillari to‘liq me’yorlashgunga qadar dorilarning dozasini va qo‘llash chastotasini to‘xtatmaslik yoki kamaytirmaslik kerak. Аgar davolanish muddatdan oldin to‘xtatilsa, sistit belgilari yana paydo bo‘ladi. Faqat keyingi safar uni davolash qiyinroq bo‘ladi, surunkali sistit holatiga o‘tadi. Surunkali sistitni davolash murakkab va uzoq vaqt talab qiladi. Shuning uchun shifokor nazoratida va qunt bilan davolanish kerak. Faqat antibiotiklar, fitopreparatlarni o‘zi kamlik qiladi, qo‘shimcha immunomodulyatorlar, bakteriofaglar, qon aylanishini yaxshilaydigan dorilar, vitamin va antioksidantlar buyuriladi. Sistitning oldini olish Kuniga kamida 1,5-2 litr suyuqlik iste’mol qilish, surunkali infeksiya o‘choqlarini davolash, ginekologik va andrologik kasalliklarni davolash, gigiyenaga rioya qilish, siydik pufagini vaqtida bo‘shatish, zirovor, achchiq, sho‘r taomlardan foydalanishni cheklash, tanani sovuq va zahga nisbatan chiniqtirish zarur. Mavzuga doir: Buyraklar ishdan chiqishiga sabab bo‘ladigan 6 odat Nozik masala: bavosil kasalligini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan 5 odat Buyrak saratonidan darak beradigan 7 simptom. | |
|